11:02 / 13.10.2021
23624

Menga kafolatlangan tinchlik kerak, birinchi navbatda xalqimni o‘ylashga majburman – Shavkat Mirziyoyev

Navoiydagi saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida Shavkat Mirziyoyev yana bir bor Afg‘onistondagi vaziyatga to‘xtalib o‘tdi.

Foto: Milliy mass-media fondi

“Afg‘onistondagi vaziyatni hammamiz ko‘rib turibmiz. Qo‘shni tanlanmaydi-ku, qo‘shnimizda vaziyat yomon deb qayergadir ko‘chib keta olmaymiz-ku. Bundan 2 yil avval men “Tolibon” rahbariyat bilan muzokaralar olib borganimda hamma hayron bo‘lgandi. Lekin bugungi kunga kelib to‘g‘ri yo‘l tanlaganimiz ma'lum bo‘ldi. Men tinchlik bo‘lishi uchun, jafokash afg‘on xalqiga ham yengillik bo‘lishi uchun avvalgi rahbariyati bilan bir yilda olti martalab uchrashdim, gaplashdim.

Albatta, hamma davlat rahbari birinchi navbatda o‘z davlati haqida o‘ylaydi. Men ham birinchi navbatda o‘z xalqimni o‘ylashga majburman, menga kafolatlangan tinchlik kerak! Birorta o‘q otilmaydigan, barcha masalalar muzokaralar bilan hal bo‘ladigan tizim kerak. 

Shu bilan birga, mudofaa tizimimizni isloh qilishda davom etamiz. Yaqin tarixni eslaylik, tank qismlaridagi askarlar tank minishmasdi, askarlar kartoshka tozalashardi. Bu sohada ham jiddiy islohotlar o‘tkazdik. Harbiylarimiz 42 davlat harbiylari o‘rtasidagi musobaqada 2-o‘rinni olganlari ham bejiz emas”, deya nomzodning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top