14:18 / 18.10.2021
3446

O‘zbekistonda o‘z-o‘zini band qilganlar soni milliondan oshdi

Eng ko‘p o‘z-o‘zini band qilgan fuqarolar Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.

Foto: Kun.uz

2021 yil 1 oktyabr holatiga o‘zini o‘zi band qilganlar soni 1 064 895 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, bu borada Toshkent shahri (113 696), Farg‘ona (116 099) va Samarqand viloyati (154 367) yetakchilik qilmoqda.

IT sohasida 23 351 nafar shaxs o‘zini o‘zi band qilgan (eng ko‘p Toshkent shahri – 7 071), iste'mol tovarlari ishlab chiqarishda o‘zini o‘zi band qilganlar esa 108 768 nafar (eng ko‘p Toshkent shahri – 22 136), yana 174 898 nafar fuqaro sanoat yo‘nalishida xizmat ko‘rsatishni tanlagan (eng ko‘p Farg‘ona - 26 348), 182 080 nafar shaxs esa ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat olib bormoqda. (eng ko‘p Samarqand viloyati – 29 292).

Hozirgi kunda o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslarga 70 ga yaqin faoliyat turi bilan shug‘ullanishga ruxsat etilgan. Faoliyat turlarining to‘liq ro‘yxati bilan  bu yerda tanishishingiz mumkin.

Avvalroq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida mustaqil hamshiralik bilan shug‘ullanishga ruxsat berilgani xabar qilingandi.

Top