10:00 / 18.10.2021
8051

Toshkent metrosi «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidan Transport vazirligi tizimiga o‘tkazildi 

“Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: KUN.UZ

“Toshkent metropoliteni” UK “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidan Transport vazirligi tizimiga o‘tkazilib, “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasiga o‘zgartirildi.

“Toshkent metropoliteni” DUK boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.

“Toshkent metropoliteni” DUK 2024 yil 1 yanvargacha respublikada ishlab chiqarilmaydigan va tegishli ro‘yxat bo‘yicha import tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.

Qaror bilan 2021–2023 yillarda Toshkent metropolitenida yo‘lovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Mavzuga oid
Top