22:45 / 19.10.2021
13250

Instagram 11 yil o‘tgach foydalanuvchilarga kompyuterdan post yozish imkonini taqdim etmoqda

Foydalanuvchilar lentada qo‘shma postlar ham e'lon qilishlari mumkin. Bunday postlarga umumiy layklar va sharhlar qoldirish mumkin bo‘ladi. 

Foto: Kun.uz

Instagram ijtimoiy tarmog‘i oktyabr oyida bosqichma-bosqich joriy etiladigan yangilanishlar haqida ma'lum qildi.

19 oktyabrdan e'tiboran bu ijtimoiy tarmoqda Collabs funksiyasi paydo bo‘ladi. U ikki foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida qo‘shma post e'lon qilish imkonini beradi. Bunday qo‘shma postlarga bosilgan layklar va bitilgan sharhlar ham umumiy bo‘ladi.

20 oktyabr kuni Instagram notijorat tashkilotlar uchun mablag‘ yig‘ish imkoniyatini taqdim etuvchi funksiyani ishga tushiradi.

21 oktyabrdan boshlab esa butun jahon bo‘ylab foydalanuvchilar fotosuratlarni, shuningdek, davomiyligi bir daqiqadan oshmaydigan videotasvirlarni desktopdan — bu ijtimoiy tarmoq ilovasi bo‘lmagan istalgan platformadan yuklashlari mumkin bo‘ladi. Istagram bu funksiyani iyun oyida sinovdan o‘tkazgan.

21 oktyabrda mazkur ijtimoiy tarmoqda Reels’da qo‘shiqlarning 3D matnlari kabi yangi funksiyalar paydo bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top