08:37 / 23.10.2021
2427

Buxoroda yuk avtomobili beton to‘siqqa urildi

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Buxoro viloyatining Vobkent tumani hududida yuk avtomobili ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi. IIV YHXBB holat yuzasidan ma'lumot berdi.  

Ma'lum qilinishicha, avtohalokat 2021 yil 21 oktabr kuni soat 12:00 larda Vobkent tumani hududidan o‘tuvchi M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 249-kilometrida sodir bo‘lgan. 1979 yilda tug‘ilgan M.Q. boshqaruvidagi “Daf” rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan.   

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Transport vositasiga zarar yetgan.

YTH yuzasidan Vobkent tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Oldinroq Kogon tumanida  “Gaz-24” mashinasining gaz balloni yorilib ketishi oqibatida 2 kishi vafot etgandi.

Top