20:57 / 23.10.2021
9736

«Gazprom» Moldovaga gaz yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qildi

Avvalroq Moldovada gaz yetishmovchiligi tufayli energetika sohasida favqulodda holat e'lon qilingandi. 

Foto: TASS

Moldovaning gaz uchun qarzi 433 mln dollarni tashkil etadi, bu vaziyat uchun Kishinyov aybdor dedi Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi vakili Sergey Kupriyanov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, muddati o‘tgan to‘lovlarni qo‘shib hisoblaganda qarz miqdori 709 mln dollarga yetadi.

«Yig‘ilib qolgan qarzlarga qaramasdan, Moldova tomoni gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomani oktyabr va noyabr uchun uzaytirishni so‘ramoqda. «Gazprom» oktyabr uchun shartnoma tuzdi, agar Moldova tomoni sentyabr va oktyabr uchun pul to‘lasa, noyabr uchun ham shartnoma tuzamiz», — dedi Kupriyanov.

Ammo to‘lov to‘liq amalga oshirilmasa va yangi shartnoma muddatida imzolanmaydigan bo‘lsa, «Gazprom» Moldovaga gaz yetkazib berishni to‘xtatadi, deb qo‘shimcha qildi u.

Kupriyanovning so‘zlariga ko‘ra, «bu yerda hech qanday siyosat yo‘q» — «Gazprom» zarariga ishlay olmaydi.

Avvalroq Moldovada gaz yetishmovchiligi tufayli energetika sohasida favqulodda holat e'lon qilingandi.

Mamlakat bosh vaziri o‘rinbosarlari Andrey Spinu va Vladislav Kulminskiy yangi shartnoma tuzish bo‘yicha muzokara olib borish uchun Moskvaga kelgan.

Mavzuga oid
Top