16:57 / 24.10.2021
11997

Farg‘ona davlat universiteti faxriy professori, O‘zbekiston Qahramoni Lola Murodova ham saylovda ovoz berdi

Nihoyat, xalqimiz tomonidan intiqib kutilgan, butun jamoatchilik diqqat-eʼtiborida bo‘lgan Prezidentlik saylovi jarayonlari bugun erta tongdan o‘zgacha fayz bilan boshlandi.

Ayni ushbu qizg‘in jarayon hozirda Oltiariq tumani, Qapchug‘ay mahallasi hududidagi 730-sonli saylov uchastkasida ham bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Farg‘ona davlat universiteti axborot xizmati 

 

Foto: Farg‘ona davlat universiteti axborot xizmati 

Saylov daqiqalari yaqinlashar ekan, mahalla nuroniylari birin-ketin uchastkaga kela boshladilar. Quvonarlisi, ularning orasida Oltiariq tumanidagi yirik fermer xo‘jalik rahbari, O‘zbekiston Qahramoni, Farg‘ona davlat universiteti faxriy professori Lola Murodova ham bor.

Foto: Farg‘ona davlat universiteti axborot xizmati 

 “Lola opa niyati pok, maqsadi ulug‘, fidoyi ayoldir. Uning saylovga birinchilardan bo‘lib kirib kelishi barchamizni to‘lqinlantirib yubordi”, deydi universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov.

Foto: Farg‘ona davlat universiteti axborot xizmati 
Foto: Farg‘ona davlat universiteti axborot xizmati 

Paxtachilikda necha yildan beri ibrat bo‘lib kelayotgan, o‘zining fidokorona mehnati bilan tuman qishloq xo‘jaligini mamlakatga tanitayotgan Lola Murodova birinchilardan bo‘lib ovoz berib, fuqarolik burchini bajarishda ham yoshlarga, mahalladoshlarga o‘rnak ko‘rsatdi.

Farg‘ona davlat universiteti axborot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top