21:08 / 26.10.2021
4372

EPSILON (EDC): Qirqquloch-5 yangi qudug‘ini o‘zlashtirish davomida undan chiqayotgan kunlik gaz hajmi 600 ming kubmetrni tashkil etdi

Foto: Epsilon

Joriy yil 26 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Qirqquloch konining 5-sonli izlov qudug‘idagi burg‘ilash ishlaridan so‘ng undan sanoat darajasidagi gaz oqimi olindi. Bunda, ichki quvur bosimi 150 atmosfera ko‘rsatkichini ifoda etdi. 

Olinayotgan gaz mamlakat aholisiga yetkazib berilishi uchun 27 oktyabr kuni quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi.

Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Top