14:00 / 26.10.2021
14770

Google eng arzon smartfonini namoyish etdi

Foto: gizchina.com

Google kompaniyasi Jio Phone Next smartfonini namoyish etdi.

Jio Phone Next - Google va Hindistonning Reliance Jio kompaniyasi birgalikda ishlab chiqargan mahsulot.

Qurilma 720×1440 pikselli diagonali 5,5 dyuym bo‘lgan HD+ ekran bilan jihozlangan. Unga to‘rt yadroli Snapdragon 215 protsessori, Adreno 306 grafik tezlatkichi va Android 11 Go operatsion tizimi o‘rnatilgan.

Smartfon 2 GB tezkor va 16 GB doimiy hamda 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega ikkita versiyada chiqariladi. Batareya sig‘imi 2500 mAs.

Jio Phone Next 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kameraga ega.

Basic versiyasining narxi 66 dollar va Advanced versiyasining narxi 93 dollarni tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top