21:33 / 27.10.2021
6659

Eronda yonilg‘i inqirozi yuz berdi. U xorijiy davlat kiberhujumi bilan izohlandi

Foto: Reuters

Eron yonilg‘i tizimi xorijiy davlat kiberhujumiga uchradi. Bu haqda Eron OAVga tayanib Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Biroq gap aynan qaysi davlat haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Buning oqibatida Erondagi AYoQShlarda katta navbatlar yuzaga kelgan. Ayni vaqtda muammoni hal qilish bilan mutaxassislar shug‘ullanmoqda va yaqin soatlarda uni bartaraf etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, eronliklar maxsus karta yordamida yonilg‘ini arzonroq sotib olish imkonidan ham mahrum bo‘lganlar.  

Xabarlarga ko‘ra, ushbu kiberhujum Eronda 2019 yil noyabrda yuz bergan norozilik namoyishlarining 2 yilligi arafasida sodir etilgan. O‘shanda yonilg‘i narxining oshishi noroziliklarga va politsiya bilan to‘qnashuvlarga olib kelgandi. OAVning ma'lum qilishicha, o‘sha namoyishlarni bostirish vaqtida yuzlab odamlar o‘ldirilgan.

Mavzuga oid
Top