14:30 / 27.10.2021
7749

Ilk bor Isroil samolyoti Saudiya Arabistoniga qo‘ndi

Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasida tijorat reyslari amalga oshirilmaydi, chunki diplomatik munosabatlar o‘rnatilmagan.

Foto: El Al Israel Airlines

Isroil xususiy reaktiv samolyoti Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid nomidagi aeroportga qo‘ndi. Bu Arabiston yarimorolidagi davlatning Isroil havo kemasini ilk bor qabul qilishi, deb yozadi The Jerusalem Post.

Samolyot aeroportga 26 oktyabr kuni kelib qo‘ngan.

Nashrning qayd etishicha, Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasida tijorat reyslari amalga oshirilmaydi, chunki diplomatik munosabatlar o‘rnatilmagan.

Avvalroq Isroil birinchi marta BAAga elchi tayinlagandi.

2020 yil sentyabrda AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining harakatlari bilan Vashingtonda Isroil BAA va Bahrayn bilan munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risidagi hujjatni imzolagandi.

Mavzuga oid
Top