15:30 / 27.10.2021
5970

“O‘ztransgaz” AJ ilk bora xalqaro standartlarga asoslangan hisobotini e'lon qildi

“O‘ztransgaz” AJ 2020 yil yakunlari bo‘yicha Global hisobot tashabbusi (Global Reporting Initiative – “GRI”) xalqaro standartlariga asoslangan barqaror rivojlanish bo‘yicha hisobotini tayyorladi va kompaniyaning rasmiy veb-saytida e'lon qildi.

Foto: O‘ztransgaz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (2019 yil 9 iyuldagi PQ 4388-son) qaroriga asosan “O‘ztransgaz” AJga 2020 yil natijalariga ko‘ra iqtisodiy, shuningdek, ijtimoiy va ekologik muammolar bo‘yicha “GRI” standartiga muvofiq hisobotlarni e'lon qilish vazifasi yuklangan edi.

Biznesni yuritishning zamonaviy shartlari takomillashib, investorlar e'tibori ortayotgan, iste'molchi va xaridorlarning talab ko‘rsatkichlari o‘zgarib borayotgan hozirgi paytda - “YeSG” (Environment, Socials, Governance) atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv faktorlari tizimiga asoslangan hisobotlarni e'lon qilish zaruriyatiga aylanib bormoqda.

Foto: O‘ztransgaz

“YeSG” ga asoslangan hisobot oshkoralikni ta'minlashga imkon beribgina qolmay, mamlakat jamoatchiligi, shuningdek, investorlar, xodimlar, mijozlar va yetkazib beruvchilar kabi keng doiradagi manfaatdor tomonlarning kompaniya to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirishga yordam beradi.

“O‘ztransgaz” AJ barqaror rivojlanish hisobotini “GRI” standartlariga muvofiq tayyorlash bo‘yicha maslahatchi sifatida tanlov asosida jalb qilingan “PricewaterhouseCoopers” xalqaro kompaniyasi xizmatidan foydalandi. 2020 yilgi Barqarorlik hisobotida 15 ta asosiy mavzu ochib berilgan. Muhim mavzular 10 ta manfaatdor guruhlarning 54 respondentidan onlayn so‘rov o‘tkazish orqali aniqlandi. Hisobotda 33 standart va 33 maxsus ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma'lumotlar bilan tanishish imkoniyati mavjud.

Foto: O‘ztransgaz

Barqarorlik hisoboti “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining korporativ boshqaruv, ijtimoiy hamda atrof-muhit muammolari bo‘yicha jahon an'analari va tajribasiga sodiqlik sohasidagi yutuqlarini ko‘rsatishning vizual va samarali usulidir.

“O‘ztransgaz” AJ hisoboti ushbu havolada.

 “O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Top