18:48 / 27.10.2021
5312

Polsha YeI qonunlarini bajarmagani uchun kuniga 1 mln yevrodan jarima to‘laydigan bo‘ldi

7 oktyabr kuni Polsha Konstitutsion sudi YeI qonunchiligining ayrim qismlari mamlakat Konstitutsiyasidan ustun emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.

Foto: RIA Novosti

Yevropa ittifoqi sudi YeI qonunchilik normalarini bajarmagani uchun Polsha kuniga 1 mln yevrodan jarima to‘lashi to‘g‘risida hukm chiqardi.

Hukmga ko‘ra, Polsha Oliy sudining tartib-intizom palatasi tarqatib yuborilmaguniga qadar mamlakat kuniga 1 mln yevrodan jarima to‘laydi.

7 oktyabr kuni Polsha Konstitutsion sudi YeI qonunchiligining ayrim qismlari mamlakat Konstitutsiyasidan ustun emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Qarorda aytilishicha, Polshaning Yevroittifoqqa a'zoligi YeI organlarining mamlakat sudidan ustunligini va Polsha suverenitetining ularga berilishini anglatmaydi.

Avvalroq Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Yevroittifoqni shantajda ayblagandi.

Mavzuga oid
Top