18:56 / 28.10.2021
6842

Navoiyda Lacetti urib yuborgan piyodaning holati haqida ma'lumot berildi

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Navoiy shahrida “Lacetti” mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yuborgani ma'lum qilingandi. Holat yuzasidan IIV YHXBB axborot xizmati ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 25 oktabr kuni soat 11:26 larda Navoiy shahri, I.Karimov hamda O‘zbekiston ko‘chalari kesishgan chorrahada 2001 yilda tug‘ilgan B.H. “Lacetti” mashinasini boshqarib borayotib, svetofor oldidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda, 1977 yilda tug‘ilgan F.R. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Navoiy shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Nurota tumanida «Nexia» yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilishi oqibatida bir kishi vafot etgandi.

Top