17:03 / 01.11.2021
5166

Oksford lug‘ati “Vax” so‘zini yil so‘zi deb e'lon qildi

Dunyo miqyosida emlanish asosiy masalaga aylangan 2021 yilda vax, double-vaxxed, unvaxxed va anti-vaxxer kabi so‘zlarning ishlatilish darajasi misli ko‘rilmagan darajada ortib ketdi.

Foto: OxUniPress

Oksford ingliz tili lug‘ati “Vax” so‘zini 2021 yil so‘zi deb topdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Lug‘at muharrirlarining aytishicha, 2021 yilda vaksinaga doir “double-vaxxed” (ikki marta emlangan), “unvaxxed” (emlanmagan) va “anti-vaxxer” (emlanishga qarshi) so‘zlari ham muomalaga juda faol kirib kelgan.

Oksford ingliz tili lug‘ati bosh muharriri Fiona Makfersonning aytishicha, “vaks” so‘zi kamida 1980 yillarga borib taqaladi, biroq u joriy yilga qadar kamdan kam qo‘llangan

“Vax” va “vaxx” yozuvdagi umumqabul qilingan variantlar sanaladi, biroq bitta “x” qo‘llanuvchi shakli ko‘proq uchraydi.

Ta'kidlanishicha, joriy yilda “pandemiya” so‘zini qo‘llash ham 57 ming foizdan ortiq ko‘rsatkichga ortgan.

Oxford English Dictionary'dan tashqari, Collins ham o‘zining yil so‘zini aniqlaydi. 2020 yilda Collins “lockdown” (lokdaun) so‘zini tanlagandi.

Oxford esa 2020 yil juda ko‘p hodisalarga boy bo‘lganini ta'kidlab, bir necha yangi so‘zlarni yil so‘zlari deb topgandi. Bular: “lockdown” (lokdaun), “bushfires” (o‘rmon yong‘inlari), “Covid-19”, “Black Lives Matter” (Qora tanlilarning hayoti muhim), WHF (“working from home” – uydan ishlash), keyworkers (“asosiy xodimlar”), “furlough” (vaziyat taqozosi bilan xodimga majburan berilgan ta'til).

2021 yilda Oxford tomonidan yil so‘zi deb topilgan “vax” 1799 yildagi inglizcha manbalarda ilk marta uchraydi.

Bu so‘z lotin tilidagi “vacca” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, sigir ma'nosini bildiradi. Oksford ingliz tili lug‘atiga ko‘ra, bu ingliz vrachi va olimi Edvard Jannerning yengil infeksiya – sigirlarda uchraydigan chechakni qo‘llagan holda chechakka qarshi vaksina yaratish ustida tajribalar o‘tkazgani bilan bog‘liq.

Oxford Languages ma'lumotiga ko‘ra, loyihaning til resursi 14,5 milliard so‘zdan iborat. Bu baza har kuni yangilab boriladi.

Mavzuga oid
Top