09:37 / 01.11.2021
738

Samarqand viloyatida oktyabr oyida 128 ta yong‘in sodir bo‘lgani ma'lum qilindi

Samarqand viloyatida oktyabr oyida 128 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Umid Ahrorov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilingan.

Ma'lum bo‘lishicha, kuz kelib aholi xonadonlarini isitishga ehtiyoj sezilgach xonadonlarda o‘rnatilgan isitish pechlarining ko‘zdan kechirilmasligi mo‘rilarni tozalashga bo‘lgan e'tiborsizlik ortidan baxsiz hodisalar ko‘p sodir bo‘lmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyatida birgina oktabr oyida aholi xonadonlarida jami 128 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Ularda uch nafar fuqaro turli darajada kuyish jarohatini olgan.

Yong‘inlarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda, ularning sodir bo‘lishiga isitish vositalarining nazoratsiz qoldirilishi, yosh bolalar, elektr jihozlari hamda tarmoqlaridagi nosozliklar va boshqalar sabab bo‘lgani aniqlangan.

Top