11:53 / 02.11.2021
1142

Jizzaxda bola o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Paxtakor tumani «Mingchinor» QFYda yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB ma'lum qildi.

Ushbu QFYda istiqomat qiluvchi fuqaro boshqaruvidagi «GAZ-53» o‘zi bilan bir yo‘nalishda, yo‘l chetida velosipedda harakatlanayotgan, hududdagi umumta'lim maktabining 1-sinf o‘quvchisini urib yuborgan. Oqibatda bola voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Avvalroq, Jizzaxda haydovchi velosipedda harakatlanayotgan fuqaroni urib qochib ketgani va «Jiguli» urib yuborgan 3 yoshli qiz vafot etgani ma'lum qilingan edi.

Mavzuga oid
Top