13:24 / 03.11.2021
7266

AQSh O‘zbekistonni koronavirus bilan kasallanish xavfi darajasi noma'lum bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi 

AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) O‘zbekistonni koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish xavfi darajasi noma'lum bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berilgan. 

Foto: SSV

O‘zbekistonning ushbu ro‘yxatga kiritilishi Qo‘shma Shtatlar o‘z fuqarolariga ushbu yo‘nalish bo‘ylab sayohat qilmaslikni tavsiya etishidan dalolat beradi. 

«Bu mamlakatga sayohat qilishdan saqlaning. Agar u yerga borishingiz kerak bo‘lsa, siz to‘liq emlangan bo‘lishingiz kerak», deyiladi xabarda. 

Kasallanish xavfi darajasi noma'lum bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston ham kiritildi. 

Biroq, Qirg‘iziston COVID-19 bilan kasallanish xavfi past darajada bo‘lgan davlatlar ro‘yxatidan joy olgan.

Avvalroq, dunyo bo‘yicha koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 5 mln nafardan oshgani xabar berilgandi.

O‘limlarning qariyb yarmi sayyora aholisining sakkizdan bir qismi yashaydigan AQSh, YeI, Buyuk Britaniya va Braziliyaga to‘g‘ri keladi. Eng ko‘p qurbonlar AQShda – 740 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Hozirda COVID-19 yurak kasalliklari va insultdan so‘ng o‘limning asosiy sababi bo‘lib turibdi.

Top