16:10 / 03.11.2021
1427

Hozirda mahsulotlarimizni Qozog‘istonga eksport qilyapmiz – Sirdaryolik hunarmand ayol

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida istiqomat qiluvchi hunarmand Iroda Tojiqulova milliy taqinchoqlar yasash bilan shug‘ullanadi. U o‘zi yashab turgan Shodlik mahallasida maktab o‘quvchilariga hunarmandchilikni o‘rgatish uchun to‘garak ham tashkil qilgan.

«Men bu hunarmandchilik sohasini 3 yildan buyon bolalarga o‘rgatib kelyapman. Bundan tashqari, «Barkamol avlod» bolalar maktabi hamda 7-sonli musiqa maktabida ish faoliyatimni yo‘lga qo‘yganman. Hozirda 50 nafardan ortiq shogirdlarim bor. Bu yerda shogirdlarim bilan yasagan mahsulotlarimizni Qozog‘istonga sotishni yo‘lga qo‘ydik», deydi Iroda Tojiqulova.

To‘garakda o‘quvchilar turli xil milliy taqinchoqlarni yasashni o‘rganadi. Darslardan bo‘sh vaqtida tayyorlagan mahsulotlaridan hozirda 3 million so‘m daromad qiladi. Kelgusida shogirdlari bilan taqinchoqlar do‘konini ochishni rejalashtirgan.

Top