20:15 / 03.11.2021
8998

“O‘zbekneftgaz”: Energetika vaziri va “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi tomonidan “GTL” zavodidagi yakuniy bosqich qurilish ishlari holati o‘rganildi

“O‘zbekneftgaz GTL” zavodida olib borilayotgan investitsion loyiha holatini o‘rganish maqsadida Energetika vaziri Alisher Sultonov va “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev, “ERIELL Group” Boshqaruvi raisi Baxtiyor Fozilov qurilish maydonida bo‘ldi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Tashrif davomida zavodning texnologik hududlarida ishga tushirish oldi ishlari va quvur, uskunalarning sinov ishlari jarayoni bilan batafsil tanishib chiqildi. Shuningdek, GTL loyihasi qurilishining yakuniy bosqichlarida amalga oshirilayotgan ishlar qurilish maydonida muhokama qilindi.

Qurilish ishlarida qatnashayotgan pudratchi tashkilotlar vakillari bilan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishiga kelishib olindi. Loyiha qurib topshirilganidan so‘ng, ishga qo‘shish (pusko-naladka)ga tayyorgarlik ahvoli, pandemiya sharoitida jalb qilinadigan mahalliy hamda xorijlik mutaxassislar tayyorgarligi bo‘yicha masalalar ham muhokama qilindi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Loyihaga taalluqli bo‘lgan ichki va tashqi infratuzilma obektlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili o‘tkazilib mas'ullarga muddatli ko‘rsatmalar berildi.

O‘z navbatida, ishga tushirish-sozlash ishlari davom etayotgan ishlarni yakunlash bo‘yicha mas'ullar va GTL zavodi rahbari Faxriddin Abdurasulovga ko‘rsatmalar berildi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Eslatib o‘tamiz, loyihaning bosh pudratchilari – Koreyaning “Hyundai Engineering”, “Hyundai Engineering&Construction” hamda “Enter Engineering” (Singapur) konsorsiumi tomonidan zavodda uskunalarni ishga tushirish ishlari faol sur'atlarda olib borilmoqda.

Shu jumladan, loyihada havo ajratish qurilmasining qurilishi, sozlash va ishga tushirish ishlari doirasida subpudratchi sifatida ishtirok etayotgan “Air Producs and Chemicals, Inc.” kompaniyasining Markaziy Yevropa, Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha Vitse-prezidenti Vatslav Garant, “ERIELL Group” Boshqaruvi raisi Baxtiyor Fozilov va “Enter Engineering Pte. Ltd.” bosh ijrochi direktori Ulug‘bek Usmonov bilan o‘tkazilgan muhokamalarda havo ajratish va boshqa qurilmalar doirasida qurilish ishlarini yil oxiriga qadar bitirishga kelishib olindi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Kutilayotgan tantanali ochilish marosimini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha “Ishchi guruh” shakllantirildi va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Zavodni joriy yilning dekabr oyi oxiriga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan.

GTL loyihasi ishga tushgach, yiliga 3,6 milliard kub metr tozalangan tabiiy gaz (metan) qayta ishlanadi va 1,5 million tonna yuqori sifatli sintetik suyuq yonilg‘i, jumladan, 307 ming tonnadan ortiq aviakerosin, 724 ming tonna dizel yonilg‘isi, 437 ming tonna neft, kimyo sohasi uchun xomashyo bo‘lgan nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishiga erishiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Top