20:54 / 03.11.2021
8211

Qirg‘iziston elchixonasi Moskva politsiyasi mamlakat fuqarosiga kuch ishlatgani sababli Rossiya tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi

Elchixona Rossiya tomoni ushbu holat bo‘yicha xolis va har tomonlama tekshiruv o‘tkazishi hamda politsiya xodimlari ishiga huquqiy baho berishiga umid bildirgan.

Foto: TASS

Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi Moskvada mamlakat fuqarosiga nisbatan kuch ishlatilgani to‘g‘risidagi xabar sababli Rossiya tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya politsiyasi Qirg‘iziston fuqarosiga nisbatan jismoniy kuch ishlatayotgani aks etgan videolavha tarqalgan.

«Elchixona tomonidan olib borilgan ishlar natijasida voqea 2 noyabr kuni Moskvada sodir bo‘lgani aniqlandi. Shuningdek, Moskvaning Xoroshevskiy rayoni politsiyasi xodimlari kuch ishlatgan 21 yoshli Qirg‘iziston fuqarosining shaxsi aniqlandi. Elchixona tomonidan Rossiya TIVga nota, Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘limiga hamda Rossiya tergov qo‘mitasi bosh tergov boshqarmasiga murojaat yuborildi», — deyiladi elchixona xabarida.

Elchixona Rossiya tomoni ushbu holat bo‘yicha xolis va har tomonlama tekshiruv o‘tkazishi hamda politsiya xodimlari ishiga huquqiy baho berishiga umid bildirgan.

Ta'kidlanishicha, elchixona Qirg‘iziston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘radi.

Mavzuga oid
Top