13:25 / 03.11.2021
4494

Sodiq Safoyev Yaponiya imperatori ordeni bilan mukofotlandi

2021 yil 3 noyabr kuni Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Yaponiyaning mamlakatdagi elchisi Yoshinori Fudjiyama bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Senat.uz

Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv doirasida Sodiq Safoyevga Yaponiya imperatorining oliy mukofoti “Chiqayotgan quyosh Katta Kordon ordeni” bilan taqdirlangani munosabati bilan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegining yo‘llagan tabrik xati topshirildi.

Qayd etilishicha, Senat raisining birinchi o‘rinbosariga ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirish hamda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari uchun orden berilgan.

Foto: Senat.uz

Shuningdek, uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, siyosat, ta'lim, madaniy, gumanitar sohalarda strategik hamkorlik munosabatlari, parlamentlararo aloqalar bilan bir qatorda ilm-fan, ta'lim va innovatsiyalar bo‘yicha hamkorlik ham jadal rivojlanayotgani qayd etildi.

Foto: Senat.uz

Tomonlar 2022 yilda mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasida “Yaponiyada O‘zbekiston yili” va “O‘zbekistonda Yaponiya yili”ni hamkorlikda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tayyor ekanini bildirdi.

Top