18:07 / 04.11.2021
2625

La-Manshda 400 nafardan ortiq migrant qutqarildi, bir kishi halok bo‘ldi

Qutqaruv operatsiyasida Fransiya harbiy-dengiz kuchlari, sohil qo‘riqlash xizmati va bojxona xizmatining bir nechta kemasi, harbiy-dengiz vertolyoti qatnashgan.

La-Mansh bo‘g‘ozini kesib o‘tishga urinish chog‘ida bir nafar migrant halok bo‘ldi, 400 nafardan ortiq migrant qutqarib qolindi. Bu haqda DPA xabar berdi.

La-Mansh va Shimoliy dengiz (PREMAR) prefekturasining ma'lumotiga ko‘ra, qutqaruv operatsiyasida Fransiya harbiy-dengiz kuchlari, sohil qo‘riqlash xizmati va bojxona xizmatining bir nechta kemasi, harbiy-dengiz vertolyoti qatnashgan.

Migrantlar kichik qayiqlarda suzib kelayotgan chog‘ida bir kishi dengizga tushib ketib g‘arq bo‘lgan.

Qutqarilganlar Kale va Dyunkerk portlariga olib kelingan.

Top