18:13 / 05.11.2021
10142

Berlinda Rossiya elchixonasi xodimi halok bo‘ldi

Elchixona xodimi halok bo‘lgani to‘g‘risida dastlab Spiegel jurnali xabar bergandi. Jurnal manbalarining so‘zlariga ko‘ra, u ko‘p qavatli uy derazasidan yiqilib tushib hayotdan ko‘z yumgan.

Foto: Jörg Zägel / Wikimedia

Berlinda Rossiya elchixonasi xodimi halok bo‘ldi. Bu xabarni Germaniya tashqi ishlar vazirligi vakili Kristofer Burger tasdiqladi.

U shaxsiy ma'lumotlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qoida bois boshqa ma'lumot bera olmasligini aytdi.

Rossiyaning Germaniyadagi elchixonasi “etikaga ko‘ra” bu xabarga izoh bermasligini bildirdi.

Elchixona xodimi halok bo‘lgani to‘g‘risida dastlab Spiegel jurnali xabar bergandi. Jurnal manbalarining so‘zlariga ko‘ra, u ko‘p qavatli uy derazasidan yiqilib tushib hayotdan ko‘z yumgan.

“35 yoshli fuqaro rasmiy diplomatik ro‘yxatga ko‘ra 2019 yildan buyon elchixonaning ikkinchi kotibi sifatida akkreditatsiya qilingan. Germaniya xavfsizlik xizmatlari uni Rossiya FSB xizmatining norasmiy hodimi deb hisoblagan”, – deb yozadi jurnal.

Top