12:19 / 06.11.2021
7324

Chinozda fermer xo‘jaligi yer maydonini 25000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Toshkent viloyati Chinoz tumanida fermer xo‘jaligi yer maydonini 25000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tumani bo‘limi hamda DXXning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.X. o‘zgalar mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, fuqaro O.ning ishonchiga kirib, u bilan «R.F.» fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 1,8 gektar yer maydonini 25000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top