18:56 / 06.11.2021
6956

Kollej va texnikumlarga test sinovlari qachon o‘tkazilishi ma'lum qilindi

Belgilangan qabul parametrlariga nisbatan tanlov ortgan kasb (mutaxassislik)larga Davlat test markazi tomonidan test sinovi tashkil etiladi. 

Foto: tsue.uz

10-20 noyabr kunlari kollej va texnikumlarga kunduzgi ta'lim shaklida o‘qishga kirish uchun test sinovlari o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi. 

“Yoshlar hamda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xodimlar kasb yoki mutaxassisliklar egallashini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021-2022 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual ta'lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar kirish imtihonlarisiz to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi”, — deyiladi vazirlik xabarida. 

Shuningdek, joriy o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga kunduzgi ta'lim shaklida o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga belgilangan qabul parametrlariga nisbatan tanlov ortgan kasb (mutaxassislik)larga Davlat test markazi tomonidan 2021 yil 10-20 noyabr kunlari test sinovlari tashkil qilinishi ma'lum qilindi.

Test sinovlari professional ta'lim muassasalarining binolari va viloyat markazlarida tayyorlangan katta sig‘imli bino va inshootlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarning manzili va test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnomalarni taqdim etish vaqti qo‘shimcha ravishda ma'lum qilinadi.  

Top