18:26 / 06.11.2021
4063

Zambiyaning katta qismi elektrsiz qoldi

Bu oxirgi ikki oy ichida deyarli butun Zambiya hududida elektr ta'minoti uzilishi bilan bog‘liq ikkinchi holatdir.

Foto: Bloomberg

Elektr tarmoqlari obektlarining bir qismi ishdan chiqqani sababli Zambiyaning katta  qismi elektr ta'minotisiz qoldi. Bu haqda Zambia 24 portali xabar berdi.

“3 noyabrdan buyon davom etayotgan elektr ta'minoti uzilishi kuchli yomg‘irlar natijasida asosiy nimstansiyalarda yuzaga kelgan nosozliklar bilan bog‘liq. Shuningdek, magistral elektr uzatish liniyalariga daraxtlar qulashi qayd etilgan”, deyiladi Zesco davlat energetika kompaniyasi xabarida.

Bu oxirgi ikki oy ichida deyarli butun Zambiya hududida elektr ta'minoti uzilishi bilan bog‘liq ikkinchi holatdir.

8 oktabr kuni ham avariya natijasida Zambiyaning katta qismi, poytaxt Lusaka shahri ham elektrsiz qolgandi. O‘shanda “Shimoliy Kariba” GESidagi qurilma ishdan chiqqandi.

Top