09:44 / 07.11.2021
3498

Kosta-Rika dunyoda birinchi bo‘lib bolalarni koronavirusga qarshi majburiy emlashga qaror qildi

Kosta-Rika dunyoda birinchi bo‘lib 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi majburiy emlashga qaror qildi.

Foto: GETTY IMAGES

Kosta-Rikada 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun koronavirusga qarshi vaksinani majburiy deb e'lon qilindi. Bolalarni emlash reja bo‘yicha 2022 yilning mart oyida boshlanadi.

“O‘g‘il va qiz bolalar manfaatlarini himoya qilish maqsadida Emlash va epidemiolgiya milliy komissiyasi Covid-19’ga qarshi emlash barcha bolalar uchun majburiy bo‘lishi haqida qaror chiqardi”, - deya e'lon qildi Kosta-Rika sog‘liqni saqlash vazirligi.

Vazirlik koronavirusga qarshi emlashni joriy yilning mart oyidayoq aholi uchun majburiy emlashlar ro‘yxatiga kiritgandi. Endi esa qoida bolalar uchun amal qiladi.

Bolalarga vaksina 10 mkg.dan ikki bosqichda kiritiladi. Bu miqdor o‘smirlar va kattalar oladigan dozaning uchdan bir qismini tashkil qiladi. Emlash bosqichlari 3 haftalik interval bilan amalga oshiriladi.

Tico Times nashrining aniqlik kiritishicha, Kosta-Rikada Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan maxsus ro‘yxatga kiritilgan yuqumli kasalliklarga qarshi emlash qonunga ko‘ra majburiydir. Aholisi 5 million kishidan iborat Kosta-Rikada koronavirusga qarshi emlanish ko‘rsatkichi 55 foizga teng. 12 va undan katta yoshdagi aholining 70 foizi vaksinaning kamida bitta dozasini olgan.

Kosta-rikalik bolalarni emlash reja bo‘yicha kelasi yilning mart oyida boshlanadi. Mamlakat AQShning Pfizer kompaniyasi bilan 3,5 mln doza vaksina yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Ulardan 1,5 millioni bolalar uchun maxsus dozalar bo‘ladi. Qolgan 2 mln doza kattalar uchun uchinchi bosqichda qo‘llanadigan vaksinalardir.

Bu haftda Pfizer/BioNTech vaksinasi 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun AQShda rasman tasdiqlandi. Amerika oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) sinovlar natijalariga ko‘ra, emlash 91 foiz holatda koronavirusga chalinishning oldini oladi va jiddiy nojo‘ya ta'sirlarni keltirib chiqarmaydi degan xulosaga keldi.

Bolalar koronavirusning og‘ir shakli bilan kamdan kam kasallanadi. Biroq tibbiyot xodimlari emlash koronavirus tarqalishining oldini olishiga ishonch bildirishmoqda. AQShda mazkur qaror 28 million yosh amerikaliklarni emlash uchun yo‘l ochdi, biroq AQShda emlash Kosta-Rikadagi kabi bolalar uchun majburiy deb e'lon qilinmadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top