20:14 / 08.11.2021
6791

Saakashvili vertolyotda shifoxonaga olib ketilgani aytilmoqda

Avvalroq Saakashvilining shaxsiy vrachi shifokorlar konsiliumi sobiq prezident zudlik bilan shifoxonaga yotqizilishi kerak degan xulosaga kelganini ma'lum qilgandi.

Foto: Reuters

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili qamoqxonadan noma'lum tomonga olib ketildi, dedi uning onasi Giuli Alasaniya. Bu haqda «Gruziya Online» xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, qamoqxonaga vertolyot kelib qo‘ngan. Shuningdek, uning hududidan ikkita zirhlangan avtomobil chiqqan. Sobiq prezidentning qarindoshlari va advokatlari qamoqxonaga kiritilmayapti.

Bir oydan buyon ochlik e'lon qilgan Saakashvili harbiy shifoxonaga olib ketilgani taxmin qilinmoqda.

«Biroz avval uni zirhlangan mashinada olib chiqishdi, so‘ngra vertolyotga o‘tqazishdi. U qaygadir olib ketildi. O‘g‘lim bu yerda yo‘q», — dedi siyosatchining onasi Report.ge muxbiri bilan suhbatda.

Avvalroq Saakashvilining shaxsiy vrachi shifokorlar konsiliumi sobiq prezident zudlik bilan shifoxonaga yotqizilishi kerak degan xulosaga kelganini ma'lum qilgandi.

Mixail Saakashvili 1 oktyabrda Gruziyada hibsga olingach, bunga qarshi norozilik sifatida ochlik e'lon qilgandi.

Top