09:51 / 09.11.2021
4282

Nigerdagi maktabda yuz bergan yong‘in oqibatida 25 bola halok bo‘ldi

8 noyabrda Nigerning Maradi oblastidagi maktablardan birida yuz bergan yong‘in oqibatida 5-6 yashar 25 bola halok bo‘lgan, bir necha o‘quvchi jarohat olgan. Bu haqda Maradi meri Chayba Abubakar ma'lum qildi.

Foto: APA

Ta'kidlanishicha, yong‘in poxoldan qurilgan maktabdagi 3 ta sinfxonani yo‘q qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ba'zi jarohatlangan bolalar og‘ir ahvolda qolmoqda. Maktabdagi barcha mashg‘ulotlar to‘xtatilgan.

Yong‘in sababi aniqlashtirilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Afrika davlatida g‘ishtdan qurilgan maktablarda bolalar soni oshib ketgani sababli yog‘och va poxoldan qurilgan sinfxonalar ham talaygina. Ushbu davlat maktablarida yong‘inlar yuz berib tursa-da, ammo ular kamdan kam holatlarda bunday ko‘p sonli qurbonlarga olib keladi.

Nigeriyada shunday ayanchli hodisalardan biri shu yil boshida ham yuz bergan. O‘shanda poytaxt Niameydagi maktabda yuz bergan yong‘inda 20 ga yaqin bola halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top