19:25 / 12.11.2021
4278

Kimoshdi savdosida Van Gogning uchta asari 154 mln dollarga sotildi

Foto: Forbes Staff

Golland rassomi Vinsent Van Gog 1888 yilda chizgan «Bug‘doy g‘arami» peyzaji Christie's auksionida 35,8 mln dollarga sotildi.  

Rassomning vafotidan so‘ng surat uning ukasi Teo ixtiyoriga o‘tgan. 1913 yilda suratni Germaniyada yashagan yahudiy sanoatchisi Maks Meyrovskiy sotib olgan. U keyinchalik suratni sotib, mamlakatni tark etgan.

1940 yilda natsistlar Parijga bostirib kirgan vaqtda surat Fransiyada yashagan bankir Aleksandrin de Rotshild kolleksiyasida bo‘lgan. Urushning ilk yilida de Rotshild Shveytsariyaga qochib ketgan. Natsistlar uning kolleksiyasini musodara qilgan. 

1978 yilda «Bug‘doy g‘arami»ni texaslik neft magnati Edvard Loxrij Koks sotib olgan.

Christie's auksionida Van Gogning yana ikki asari 46,7 mln va 71,4 mln dollarga sotildi. Uning uchta asari qiymati qariyb 154 mln dollarni tashkil etdi.

Mavzuga oid
Top