21:04 / 13.11.2021
7619

Germaniya koronavirus tarqalishi bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biriga aylandi

Foto: EPA

Germaniya COVID-19 tarqalishi bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biriga aylandi. Bundan Worldometers saytidagi ma'lumotlar darak bermoqda.

12 noyabr kuni mamlakatda 48,1 mingdan ortiq yangi kasallanish holatlari aniqlangan.  

Ma'lumot berilishicha, Germaniyada virus yuqtirishlar soni har ikki haftada ikki baravarga ko‘paymoqda. Mamlakatda aholining 66 foizi to‘liq emlangan.

Sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari aniqlanishi bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi. O‘tgan sutkada mamlakatda 90 mingdan ortiq holat aniqlangan. 

Sutkalik o‘lim holatlari bo‘yicha Rossiya, AQSh va Ukraina yetakchilik qilmoqda.

Pandemiya boshlanganidan buyon dunyo bo‘yicha aniqlangan holatlar soni 253 mln 425 mingdan oshgan, 5 mln 108 mingdan ortiq o‘lim holatlari qayd etilgan.

Mavzuga oid
Top