10:46 / 13.11.2021
17979

Qariyb 10 ming mahallaga yoshlar vakili lavozimi uchun tanlov e'lon qilindi

Yoshlar ishlari agentligi vakili lavozimiga 18 dan 35 yoshgacha bo‘lgan, qariyb 10 ming yosh qabul qilinadi. Xo‘sh, qanday qilib ariza topshirish mumkin?

Foto: O‘zA

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi Yoshlar ishlari agentligi vakili nomzodligiga ochiq mustaqil tanlov e'lon qildi.

Tanlovda 9 259 ta mahalladagi Yoshlar ishlari agentligi vakili saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Hujjatlar 2021 yil 12 noyabrdan 16 noyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Shuningdek, hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma hamda Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz’dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanmadan foydalanish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 9 oktyabrdagi videoselektorda 1 yanvardan respublikaning 9 ming 259 ta mahallasida «hokim yordamchilari» ish boshlashini aytgandi.

Top