03:10 / 14.11.2021
9885

Fransiya Qozog‘istonga 8ta gol urdi, Belgiya ham yo‘llanmani rasmiylashtirdi

Foto: Le Parisien

Yevropa qit'asida jahon chempionati saralashi doirasida 9-tur o‘yinlari yakunlandi.

D guruhida Fransiya (15 ochko) Qozog‘iston darvozasiga javobsiz 8ta to‘p kiritib, 1-o‘rin bilan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. So‘nggi turdagi natijalar orqali Finlyandiya (11) yoki Ukraina (9) pley-offda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ye guruhida Belgiya (19) Estoniyani yengib, turnirning final bosqichiga yo‘l oldi. Uels (14) yoki Chexiya (11) 2-o‘rin bilan pley-offda qatnashadi.

G guruhida Niderlandiya (22) Chernogoriya bilan bahsning so‘nggi daqiqalarida 2ta to‘p o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi va barcha masalani yakuniy turdagi Norvegiyaga (20) qarshi o‘yinga qoldirdi. Guruhdan chiqishga yana bir da'vogar Turkiya (20) Gibraltarga 6ta gol urdi. Turklar so‘nggi turda Chergogoriya mehmoni bo‘lishadi.

Hozircha 2022 yilgi mundialda qatnashishi aniq bo‘lgan jamoalar soni 6taga yetdi: Qatar (mezbon), Daniya, Germaniya, Braziliya, Fransiya, Belgiya.

JCh-2022 saralashi. Yevropa
9-tur. 13 noyabr

D guruhi
Fransiya — Qozog‘iston 8:0
Gollar:
Mbappe (6, 12, 32, 87), Benzema (55, 59), Rabo (75), Grizmann (84, penalti).
Fransiya – Loris, Kunde, L.Ernandes (Langle, 80), Upamekano, T.Ernandes, Kante (Tchuameni, 72), Rabo, Koman (Pavar, 79), Mbappe (Ben-Yyedder, 88), Grizmann, Benzema (Diabi, 71). 

Bosniya va Gersegovina — Finlyandiya 1:3
Gollar:
Menalo (69) — Forss (29), Lod (51), O'Shonessi (73).
Amalga oshirilmagan penalti: Pukki (25).
Bosniya va Gersegovina – Shexich, Axmedhojich, Chivich, Sanichanin, Kolashinats (Demirovich, 39), Hajiahmetovich (Prsich, 56), Pyanich (Sushich, 66), Stevanovich, Tsimirot (Goyak, 56), Krunich (Menalo, 67), Prevlyak. 
Finlyandiya – Gradetski, Vyaysyanen, Hyamyalyaynen, Ivanov (Arayuuri, 80), O`Shonessi, Shyuller, Lud (Uronen, 76), Kamara, Raytala.
Chetlatish: Raytala (37).

Ye guruhi
Belgiya — Estoniya 3:1
Gollar:
Benteke (11), Karrasko (53), T.Azar (74) — Sorga (70).
Belgiya – Kurtua, Vertongen, Denayyer, Kastan, Mene (Salemakers, 63), Karrasko (Mertens, 71), Vitsel, de Bryuyne (de Ketelare, 83), Vanaken, E.Azar (T.Azar, 63), Benteke (Origi, 84). 

Uels — Belarus 5:1
Gollar:
Remzi (3, 50 penalti), N.Uilyams (20), Devis (79), Robers (89) — Konsevoy (87).
Uels – Uord (Hennessi, 90), Devis, Robers, Rodon, Ampadu, Uilson, Allen, Jyeyms (Robers, 76), Remzi (Morrell, 71), Beyl (Jonson, 46), N.Uilyams. 

G guruhi
Chernogoriya — Niderlandiya 2:2
Gollar:
Vukotich (82), Vuynovich (86) — Depay (25 penalti, 54).
Chernogoriya – Sharkich, Savich, Radunovich, Vuyachich, Tomashevich (Raichkovich, 80), Osmayich, Vukchevich, Yovovich (Vuynovich, 62), Hakshabanovich (Vukotich, 69), Yankovich (Bojovich, 69), Jurjyevich (Bechiray, 62). 
Niderlandiya – Beylo, Dumfris, Blind, van Deyk, de Vrey (de Ligt, 90), de Yong (Gravenberx, 78), Veynaldum (Kopmeyners, 66), Klassen, Danjuma (Lang, 78), Malen (Bergveyn, 46), Depay.

Turkiya — Gibraltar 6:0
Gollar:
Akturko‘g‘li (11), Dervisho‘g‘li (38, 41), Demiral (65), Dursun (81), Myuldyur (84).
Turkiya – Chaqir, Erkin (R.Yilmaz, 46), Chelik (Myuldyur, 46), Demiral, Suyunchi, Ko‘kchi, Chalxono‘g‘li (Kutlu, 82), Akturko‘g‘li, A.Yilmaz, Dervisho‘g‘li (Karaman, 69), B.Yilmaz (Dursun, 69).

Norvegiya — Latviya 0:0
Norvegiya – Nyuland, Pedersen, Strannberg, Lode, Meling, Torsbyu (King, 46), Elyunussi, Normann, Edegor, Torstvedt (Solbakken, 82), Syorlot.

Top