08:04 / 15.11.2021
4831

2021 yilda AQSh kompaniyalari 29 mingta robot sotib oldi

2021 yilning dastlabki 9 oyi davomida AQSh kompaniyalari 29 mingta robot sotib oldi. Bu AQSh tarixida rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Ushbu raqamlar bu borada 2017 yilda qayd qilingan maksimal ko‘rsatkichlardan oshadi va 2020 yilgi ko‘rsatkichlardan deyarli 2 marta ko‘proqni tashkil qiladi.  

Foto: Mime.asia

AQShda bunday robotlashtirish mahsulotlarga talab yuqoriligi va malakali mutaxassislarni yollashdagi qiyinchiliklar bilan bog‘langan. Ko‘plab kompaniyalar pandemiya oqibatlari ortida zarur ishchilarni yollay olmagan yoki o‘z xodimlarini qaytara olmagan va shu sababli robotlarga umid bog‘lagan.

Asosan robotlarni avtomobilsozlik, metallurgiya hamda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi kompaniyalar xarid qilgan. Biroq umuman olganda, AQSh iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida robotlarga talab yuqori bo‘lgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilda AQSh kompaniyalari robotlashtirishga 1,48 mlrd dollar sarflagan.

Mavzuga oid
Top