09:30 / 16.11.2021
4983

Qiziltepa tumanining sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qiziltepa tumaniga qariyb 25 yil hokimlik qilgan va yaqinda tuman rahbarligidan ozod etilgan Shabon Nabiyev yangi lavozimda ish boshladi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 15 noyabr kuni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov rahbarligida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasida yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda tashkiliy masala ko‘rilib, Shabon Nabiyev Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

12 noyabr kuni Shabon Nabiyev Qiziltepa tumani hokimi lavozimidan ozod etilgan va uning o‘rniga “Zarafshan Golden Group” kompaniyasi ta'sischisi, senator Ulug‘bek Fayziyev tumanning yangi rahbariga aylangandi.

Top