09:32 / 18.11.2021
19401

Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi

“Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.

Foto: TASS/Aleksandr Ryumin

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:

  • 2010 yilgacha berilganlari – 2022 yil 31 martgacha;
  • 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyungacha;
  • 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 sentyabrgacha;
  • 2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrgacha.

Ilgari 2021 yil 31 dekabrgacha almashtirish majburiy edi.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Avvalroq, eski haydovchilik guvohnomalari yangisiga 4 ta ssenariy bo‘yicha almashtirilishi kutilayotgani xabar berilgandi.

Top