15:51 / 18.11.2021
10218

Qozog‘istonda bo‘ron natijasida o‘nlab odamlar jarohatlandi, 15 ming kishi elektrsiz qoldi

​​​​​​​Ko‘rish darajasi yomonligi sababli G‘arbiy Yevropa – G‘arbiy Xitoy avtotrassasining bir qismi hamda Qoratov va Janatas shaharlaridan chiqish yo‘llari yopilgan.

Foto: Tengrinews.kz

Qozog‘istonning Jambil oblastida yuz bergan kuchli shamol va bo‘ron natijasida 49 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qildi. Bu haqda mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tayanib Tengrinews.kz xabar bermoqda.

Boshqarma ma'lumotiga ko‘ra, Taroz shahri shifoxonasiga 41 kishi murojaat qilgan, to‘rt kishi statsionarga yotqizilgan.

Bolalar shifoxonasiga olib kelingan to‘rt nafar bolaning uchtasi davolash uchun olib qolingan.

Bayzaq rayoni shifoxonasiga ham to‘rt kishi murojaat qilgan, bir kishi yotqizilgan.

“Murojaat qilganlarning aksariyati deraza va ko‘cha darvozalari qulashi oqibatida boshi, qo‘li va oyoqlaridan jarohat olgan”, – deb ma'lum qildi boshqarma vakili.

Ko‘rish darajasi yomonligi sababli G‘arbiy Yevropa – G‘arbiy Xitoy avtotrassasining bir qismi hamda Qoratov va Janatas shaharlaridan chiqish yo‘llari yopilgan.

Mintaqaning bir nechta aholi maskanlarida gaz quvurlari zararlanishi natijasida odamlar gaz ta'minotisiz qolgan.

Shuningdek, Chimkent oblastida elektr liniyalariga zarar yetishi oqibatida 14700 kishi elektrsiz qolgan.

17 noyabr kuni Chimkentda qor bo‘roni sodir bo‘lgan. Shamol tezligi soatiga 25 metrga yetgan.

Mavzuga oid
Top