16:59 / 18.11.2021
3555

Zamonaviy data-markaz va yangicha temir-beton tanyachlar - Uychi elektr ta'minot korxonasiga press-tur

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan Namangan viloyatida aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida OAV vakillari hamda blogerlar Uychi tuman elektr ta'minoti korxonasi faoliyati, tumanda ASKUE tizimining joriy etilgani va data-markaz bilan tanishdi.

Tashkil etilgan data-markaz tumanda iste'mol holati, qaysi transformator punkti ortiqcha yuklama bilan ishlayotgani, qaysi abonent qarzdor va qaysi abonent ikki-uch kundan beri o‘chiq turgan holatlarini ko‘rib turish imkonini beradi. Bu esa tizimda inson omilini kamaytirish, sohani raqamlashtirish uchun amalga oshirilgan ishlardan biridir.

“Namangan HETK” AJ bosh direktori Jahongir Rizayevning so‘zlariga ko‘ra, viloyatda mavjud jami 593 597 ta iste'molchiga ASKUE tizimiga mos elektr hisoblagichlar o‘rnatilgan hamda 580 226 tadan ziyod hisoblagichni billing dasturiga ulash ishlari amalga oshirilgan. Uning aytishicha, barcha tumanlarda data-markazlar tashkil etilgan va u markazlar billing tizimiga ulangan iste'molchilarni kuzatib borish imkoniyatiga ega.

Tuman elektr ta'minoti korxonasiga tashrifdan so‘ng tumandagi og‘ir hudud deb baholangan Quvurboshi mahallasida yangi tarmoq tortish va yangi transformator punkti o‘rnatish ishlariga guvoh bo‘ldik.

Yangicha temir-beton tayanchlar

Quvurboshi mahallasida Respublikada ilk bor 7,5 metrli temir-beton tayanchlar o‘rnatilmoqda. Past kuchlanishli tarmoqlarda SIP kabellarining qo‘llanishi sababli tayanch bo‘yi qisqartirilgan.

Avvallari past kuchlanishli tarmoq ochiq sim orqali olib ketilgan va ularda tayanch balandligi 9 metrni tashkil etgan.

“Namangan HETK” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan va amaliyotga kiritilayotgan ushbu tayanchning afzalliklari, birinchidan, xomashyo tejalsa, ikkinchidan tayanchda ishlovchi xodimning xavfsizroq va tezroq ishlashiga imkoniyat yaratadi.

Reklama huquqi asosida

Top