23:45 / 19.11.2021
16746

OAV Fathulloh Gulen AQShda zaharlangani haqida xabar tarqatdi

CPA Media Pte Ltd / Alamy / Vida Press

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning asosiy muxolifi sifatida qaraluvchi Fathulloh Gulen 16 noyabr kuni AQShda zaharlangani aytilmoqda.

Bu haqda yirik turk yangiliklar kanali Oda TV maxsus xizmatlar ma'lumotlariga tayangan holda xabar berdi. Advokat Burak Bakiro‘g‘li Gulenni yaqin sherigi Javdot Turyo‘li zaharlaganini ma'lum qilgan.

Keyinroq Bakiro‘g‘lining xabar berishicha, voqea natijasida Gulen gapirolmay qolgan, lekin uning joni omon.

Oda TV ma'lumotlariga ko‘ra, Gulen tashkilotidagi mullalardan biri Pensilvaniya shtatidagi fermada o‘z joniga qasd qilgan. Oda TV va Burak Bakiro‘g‘lining aytishicha, tashkilot tarafdorlariga sodir bo‘lgan voqea yuzasidan sukut saqlash buyurilgan.

Jurnalist va «Xizmat» harakati tarafdori Emre Uslu 17 noyabrda manbalar so‘zlariga tayangan holda Fathulloh Gulen tirik ekanini ma'lum qildi. Shu kunning o‘zida Gulenning yaqin hamkori Javdot Turkyo‘li uning tirikli haqidagi video yozib qoldirdi. 18 noyabr kuni Gulen harakati tarafdorlarining Youtube’dagi kanalida voiz namoz o‘qiyotgan paytida olingan video paydo bo‘ldi (yozuvning haqiqiyligi tasdiqlanmagan). Gulen yashaydigan Pensilvaniya shtati politsiyasida Gulenning o‘limi haqidagi xabarni tasdiqlovchi «ma'lumotlar tizimda mavjud emas»ligi aytilgan.

Fathulloh Gulen – turk jamoat arbobi, yozuvchi va sobiq imom. O‘z chiqishlarida u xayriya va konfessiyalararo muloqotga urg‘u berib, islomning mo‘'tadil shaklini targ‘ib qiladi. 1999 yildan boshlab, AQShda ixtiyoriy surgunda yashab kelmoqda. 1970-yillarda Gulen g‘oyalari atrofida «Xizmat» harakati paydo bo‘lgan. Harakat dunyoning ko‘plab mamlakatlarida maktab va shifoxonalar ochadi.

Turkiyada gulenchilar avvaliga Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlashgan. Biroq 2012 yilga kelib, ularning munosabatlari keskinlashdi. «Xizmat» Turkiyada terroristik tashkilot deb e'lon qilindi. Turkiya rasmiylari Gulenni 2016 yildagi harbiy to‘ntarish va Rossiya elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblagan. 

Top