13:33 / 19.11.2021
14754

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni Rossiyaga tashrif bilan keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Moskvadagi “Vnukovo-2” aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shundan so‘ng, prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Kremlga yo‘l oldi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga bugungi tashrifi chog‘ida imzolanadigan hujjatlar haqida gapirgandi.

«Tashrif davomida xalqaro axborot xavfsizligini ta'minlash sohasida hamkorlik bo‘yicha yirik siyosiy qo‘shma bayonot qabul qilinadi. Prezidentlar uchrashuvi chog‘ida turli sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 18 ta hujjat imzolanadi. Xalqaro yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta'minlash to‘g‘risidagi bitim, qurilish, energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha hujjatlarni alohida ta'kidlab o‘tish lozim», dedi u.

Top