13:17 / 20.11.2021
1404

Andijon shahrida 19.000 AQSh dollariga uy sotishini aytib, firibgarlik qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: KUN.UZ

U boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, uy olib berishni va'da qilib pul olgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

2021 yil iyun oyida Andijon shahrida yashovchi fuqaro A.F. tanishi Farg‘ona shahrida yashovchi X.M.ning ishonchiga kirib, Andijon shahar 4-kichik dahada joylashgan ko‘p qavatli uylardan birini 19.000 AQSh dollariga sotishini aytgan va undan 5.000 AQSh dollari pullarini firibgarlik yo‘li orqali olib, pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar  IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, 19 mlrd so‘mlik benzin mahsulotlari talon-toroj qilingan Andijon neft bazasi ishi sudga oshirilganligi xabar qilingan edi.

Top