07:34 / 20.11.2021
3555

Noyabr oyi boshidan buyon «Tez yordam»ga bolalar bo‘yicha 20 ming chaqiriq kelib tushgan

So‘nggi paytlarda respublikada, ayniqsa, Toshkent shahrida bolalar o‘rtasida mavsumga xos bo‘lgan o‘tkir respirator virusli infeksiyalarga chalinish holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Doniyor Bo‘riboyevning ma'lum qilishicha, 1-18 noyabr kunlari Toshkent shahar “Tez yordam” xizmati Call-markaziga kelib tushgan jami chaqiriqlar soni 61 ming 152 tani tashkil etib, bolalar bo‘yicha umumiy murojaatlar 20 ming 073 taga yetdi.

Shundan tana harorati ko‘tarilgan, O‘RVI va pnevmoniya holatlari kuzatilgan 10 ming 642 nafar bolaga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilib, zotiljamga chalingan 321 nafar bola gospitalizatsiya qilingan.

Noyabr oyining o‘tgan davri mobaynida bemor bolalar bo‘yicha shahar “103” xizmatiga bo‘layotgan kunlik murojaatlar soni o‘rtacha 1200-1400 tani tashkil qilayotgan bo‘lsa, eng ko‘p chaqiriq 1 noyabr sanasiga to‘g‘ri kelgan va shu kuni 1631 ta murojaat qabul qilingan.

Top