07:29 / 20.11.2021
23794

Xorazmda 12 nafar hokimga jazo choralari qo‘llanildi

Xorazmdagi 12 ta shahar-tuman hokimlariga jarima va hayfsan jazo choralari qo‘llanildi. Bu haqda viloyat hokimi Farhod Ermanovning tegishli farmoyishi qabul qilindi.

Foto: Tengrinews.kz

Hujjatga ko‘ra, ish faoliyati davomida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani hamda o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun:

  • Xorazm viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bahrom Qurbonovga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi;
  • Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyevga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi;
  • Xiva shahar hokimi Temur Davletovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
  • Bog‘ot tumani hokimi Shavkat Yaxshiboyevga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
  • Gurlan tumani hokimi Murodjon Ochilovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
  • Qo‘shko‘pir tumani hokimi Jo‘rabek Rahimovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
  • Urganch tumani hokimi Frunze Sharipovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
  • Hazorasp tumani hokimi O‘ktam Masharipovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
  • Xonqa tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Murodbek Davlatovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
  • Xiva tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Hurmat Matrasulovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
  • Shovot tumani hokimi Hakimjon Otaxonovga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi;
  • Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Anvar Davletovga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi;
  • Yangibozor tumani hokimi O‘ktamboy Qurbonovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
  • Tuproqqal’a tumani hokimi Alisher Salayevga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Top