19:42 / 23.11.2021
6329

Qo‘ng‘irotda Cobalt va «Gaz 53» to‘qnashishi oqibatida mashinalarning biri yonib ketdi

Qo‘ng‘irot tumanida "Gaz 53" mashinasi yonib ketdi. Bu haqda #Kunmobilmuxbiri xabar berdi. Mobil muxbirga ko‘ra, voqea bugun tushlik vaqtida yuz bergan.

Foto: Videodan kadr

Holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani hokimligi rasmiy ma'lumot berdi. Unda aytilishicha, voqea 23 noyabr kuni soat 14:00-15:00 oralig‘ida yuz bergan.

Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq yo‘lining 1 km qismida "Cobalt" "Gaz 53" mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Natijada "Gaz 53" avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in oqibatida "Gaz 53"ning salon qismi va oldingi ikki g‘ildiragi butunlay yonib ketgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, YTH natijasida hech kimga tan jarohati yetmagan.

Bir necha kun oldin Qorao‘zak tumanidagi metan «zapravka»da turgan «Matiz»ning gaz balloni portlab ketgandi.

Top