13:06 / 24.11.2021
1261

Buxoroda qariyb 11 mln so‘mlik pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi

Foto: Milliy gvardiya

Buxoro tumanida o‘tkazilgan tadbirda ko‘p miqdordagi pirotexnika vositalari tarqalishining oldi olingan. Bu haqda Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 23 noyabr kuni soat 21:30 larda Buxoro tumanining Rabotiqalmoq mahallasi hududida karton quti ko‘tarib ketayotgan fuqaro J.T. to‘xtatilib, qutida nima borligi so‘ralgan. U pirotexnika vositalarini olib ketayotganligini ma'lum qilgan. Xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda fuqaro yonida 48 quti “Treniya” “paqildoq”lari borligi aniqlangan.

Shuningdek, J.T. ixtiyoriy ravishda yashash xonadonidan 51 quti “Treniya” hamda “Britanik” pirotexnika vositalarini taqdim qilgan. Undan jami 99 qutida 59 400 dona pirotexnika vositasi hujjatlashtirib olingan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Buxoro shahrida ham pirotexnika savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga tushgandi.

Top