09:51 / 24.11.2021
2152

Buxorodan Qoraqalpog‘istonga 17 bosh Turkman qulonlari olib kelindi

Foto: «Sudoche-Akpetkey» qo‘riqxonasi

Fanlar akademiyasi tavsiyasiga asosan 17 bosh Turkman qulonini Qoraqalpog‘istondagi «Sudoche-Akpetkey» davlat buyurtma qo‘riqxonasining Sudoche bo‘limiga ko‘chirildi. Bu haqda «Sudoche-Akpetkey» davlat buyurtma qo‘riqxonasining axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: «Sudoche-Akpetkey» qo‘riqxonasi

Ta'kidlanishicha, Turkman qulonlari “Jayron” pitomnigida ko‘paytirilayotgan turlarning populyatsiyasini saqlab qolish maqsadida olib kelingan.

Ma'lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigidan 175 bosh Turkman qulonlarini “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i va "Saygachiy” qo‘riqxonasiga ko‘chirish topshirig‘i belgilangan edi. 

Foto: «Sudoche-Akpetkey» qo‘riqxonasi
Foto: «Sudoche-Akpetkey» qo‘riqxonasi

Bir muddat oldin Ustyurtga Buxorodan 13 bosh Turkman qulonlari olib kelingandi.

Mavzuga oid
Top