15:28 / 24.11.2021
10150

Nangarhor viloyatida IShIDning kamida 80 nafar jangarisi toliblarga taslim bo‘ldi

Terrorchilar qabilalar oqsoqollari vositachiligi tufayli taslim bo‘lgan.

Foto: Pajhwok

Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida IShID terrorchilik guruhining kamida 80 nafar jangarisi toliblarga taslim bo‘ldi. Bu haqda Pajhwok agentligi xabar berdi.

Agentlikning ma'lumot berishicha, terrorchilar qabilalar oqsoqollari vositachiligi tufayli taslim bo‘lgan.

Oxirgi uch oy davomida Afg‘onistonning qator hududlarida bir nechta portlashlar va qurolli hujumlar amalga oshirildi.

Bu holatlarning ayrimlari uchun javobgarlikni "IShID Xuroson" guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Top