10:52 / 25.11.2021
1355

Qoraqalpog‘istonda 10 oyda 92 nafar shaxs intizomiy va ma'muriy javobgarlikka tortilgan

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi 2021 yilning 10 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyotini tahlil qildi.

Unga ko‘ra, prokuratura organlariga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 20 252 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularning tegishliligi bo‘yicha 10 271 tasi bevosita prokuratura organlarida ko‘rib chiqilgan.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarda qayd etilgan vajlarni 1820 tasi qanoatlantirilib, 1 481 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanib, 8 418 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan.

Shuningdek, prokuratura organlari xodimlari tomonidan 10018 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinib, o‘tkazilgan sayyor va ommaviy qabullarda 2 459 fuqarolar qabul qilingan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida 175 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilgan.

Qonunga zid hujjatlarni bekor qilish bo‘yicha 52 ta protest keltirilgan, qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 34 ta taqdimnoma kiritilgan. Prokurorlarning taqdimnoma va qarorlari asosida 92 nafar shaxslar intizomiy va ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Bir muddat oldin prokuratura Qoraqalpog‘istonda profilaktika inspektori fuqaroni kaltaklab o‘ldirgani aytilgan xabar yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot bergandi.

Mavzuga oid
Top