14:36 / 26.11.2021
17657

EPSILON (EDC): Kutilma zaxiralari 15 mlrd kub m gaz va 1230 ming tn kondensat bo‘lgan yangi – Shirinobod koni ochildi

Foto: EPSILON

Joriy yilning 26 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Shirinobod konidagi 1-sonli izlov qudug‘ining birinchi obektida (interval: 3701-3684 m) olib borilgan sinov ishlari yakunlangach, undan sanoat miqyosidagi - 150 ming kubmetr kunlik hajmda gaz oqimi olindi. Quduqdagi qolgan obektlar bo‘yicha sinov ishlari davom ettirilmoqda.

Olinayotgan gazni aholiga yetkazib berish maqsadida kondan 8 km uzunlikda gaz quvuri shleyfi tortiladi, sinov ishlari yakunlangach esa quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi.

Barcha ishlar belgilangan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya me'yorlariga muvofiq tarzda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Top